narsani o’z foydamizga hal qilsa bo’ladi. Huddi, Sezar kalligini dafna bargini taqib yashirganidek.
Men dangasalik bo’yicha olimpiya rekordini qo’yib, o’zimga haykal o’rnattirganman olimp tog’iga. Bolaligimda rus tili repititorga borib, tashlab ketganman erinchoqligim uchun. Uyda o’tirib, disney va game-club kanalidan anime ko’rsatuvlar ko’rardim (Winx club, Spider-man, Jeki Chan, Cosmos Football…). Maktabda “субботник” desa bormasdim, erinchoqligim tutib. Uyda o’tirib, kompyuterda paintda uyni rasmini chizardim. O’qishga tayyorlanish maqsadida darsga borib, uyga kelib takrorlamasdim erinchoqligim uchun. Badiiy kitob o’qirdim, play stationga borardim, kompyuter o’ynardim va h.k. Men dangasalik qilgan vaqtda dangasalik qilmagan tanishlarim hozir ko’pchiligi ish topolmay yuribdi. O’qiyotgan joyidan nolib yuribdi. Chetga ketishni umuman tasavvur ham qila olmay yuribdi. Menga havas qilib yuribdi. “Toshkentda mazza qilib soqqani qilyabdi, manam botanikka o’xshab o’qimasdan, hunar o’rgansam, ishlasam bo’lar ekan” deb o’ylab yuribdi. Menga esa qizig’i yo’q. Ularni fikriga e’tibor berishga, qanday qiynalayotganimni aytishga, “soqqani” tagida qolmaganimni, tushuntirishga erinaman.
Hozirgi erishganlarim aynan o’sha dangasaligim deb o’ylayman. “Cубботник”ka borganimda hozirgi ishim bo’lmasdi. Kompyuter o’ynamagimda, o’zim qiziqmagan oliygohda zerikib o’qib yurardim. Aynan, o’sha dangasaliklarim uchun hozir seriallarni tanqid qiladiganlarni tushunmayman (Tupizm. Pultni olib boshqa kanalga ol. Sud yo parlamentmisan blyaa, hamma uchun nima ko’rish kerakligini hal qiladigan). O’sha erinchoqligim uchun hozir hammani kofir yo terrorist, xalq dushmaniga chiqaradiganlarni umuman tushunmayman. O’sha erinchoqligim uchun hozir nima xohlashimni aniq bilaman. O’sha dangasaligim uchun hozir o’z prinsiplarim, fikrlarimga egaman. Endi aqlim yetyapti, o’sha vaqtda o’zim istamagan ishni shunchaki qilmaganman. Xohlagan ishlarimnigina qilganman. Aksariyat tengdoshlarimda hozir “depressiyadaman” degan gapni eshitaman. Katta ehtimol bilan depressiya boshqalar tomonidan ko’rsatilgan yo’l orqali ketishgani uchun paydo bo’lgan. Ichida nimadir bo’shliq qoladi, hamma narsasi bo’lsa ham. Shuning uchun o’z hayotingizda yashang. Boshqalar uchun yaxshi bo’lish, iphone x olish, dabdabali to’y qilishga harakat qilish nega kerak? “Нафиг нужень им?” O’zingizni toping. Va o’sha topganingiz bo’yicha yashang. Meni o’zimni topishimga esa 3 yil ketgan…
Hozir ham odam bo’lmadim. Ertalab turishga va ishga borishga erinib, uyg’onsamam krovatda ko’rpaga o’ralib, ko’zimni yumib yotaveraman soatlab. Lekin, sog’ligimga foyda deb, har kuni kechqurun uyga qaytayotganda, 3 kmlik masofani piyoda bosib o’tishga erinmayman. Uyda turgan korzinkadagi axlatni axlatxonaga olib chiqishga erinaman, lekin ofisda lift bo’lsa-da, zinadan ko’tarilishga erinmayman. O’qishga kirish uchun ona tilidan repititorga borishga erinaman, lekin Scarlett Johansonni ovozini jonli eshitish uchun ingliz tilidan repititorga borishga erinmayman… Qornim ochqolsa, ovqatga chiqishga erinaman, lekin Eminemni trekini so’zma-so’z tarjima qilib, yozishga erinmayman… Soch-soqolim o’sib ketsa oldirishga erinaman. Yangi kiyim olishga, qalin kiyinishga, soch tarashga, metro, avtobusda kattalarga va qizlarga joy berishga erinaman. Lekin har kuni, nima holat bo’lishidan qat’iy nazar
o’rganayotgan sohamda 1 ta bob o’qishga, 10 ta yangi so’z yodlashga, ingliz tili subtitrida kino ko’rib, keyin uni rus tilida qayta ko’rishga, ishdan chiqqandan keyin internetni o’chirib, uyda umuman internetga kirmaslikka, tushlikka “Kamilka” yogurtini ichishga, kechasi 3 gacha nimadirlar qilishga erinmayman…

Комментарии
Отправить комментарий